2026 yil 19 aprel kuni Antalya diplomatiya forumi doirasida Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti, professor Aktoti Raymkulova hamda Turkish Cooperation and Coordination Agency (TİKA) prezidenti Abdullah Eren o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar turkiy dunyoning boy madaniy merosini asrash, o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan strategik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Professor Aktoti Raymkulova Fond tomonidan turkiy xalqlarning boy merosini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi hamda bu jarayonda TİKAning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar turkiy mamlakatlarda tarixiy va me’moriy yodgorliklarni restavrasiya qilish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
TİKA prezidenti Abdullah Eren Fondning turkiy birlikni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatini yuqori baholadi hamda Agentlik umumiy merosni asrashga qaratilgan tashabbuslarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashdilar.