Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan "Ansor Alla" harakati Isroilning Ben-Gurion aeroportiga ikki marta hujum uyushtirdi. Bu haqda husiylarning harbiy vakili Yahyo Saria ma’lum qildi.
"Yaman qurolli kuchlarining raketa kuchlari harbiy operasiya o‘tkazdi va... Ben-Gurion aeroportiga... ikkita ballistik raketa bilan zarba berdi," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Saria hujumni muvaffaqiyatli deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportda aviaqatnovlar taxminan bir soatga to‘xtatilgan.