Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan respublika OAV xodimlari o‘rtasida o‘q otish bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

«Sport – salomatlik garovi» shiori ostida o‘tkazilgan ushbu musobaqaning asosiy maqsadi jurnalistlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sport bilan faol shug‘ullanishga keng jalb etish hisoblanadi.

Qirqdan ortiq jurnalistlar ishtirokida qizg‘in, shu bilan birga, murosasiz kechgan bellashuv quyidagi natijalar bilan yakunlandi:

Erkaklar o‘rtasida:

1. Nizomjon Islomov («Aniq.uz» sayti);
2. Qahramon Haydarov (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti);
3. Sanjar Zaitov («Sport» telekanali).

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

E’tiborlisi, «Aniq.uz» sayti bosh muharriri Nizomjon Islomov 2021 yilda OAV xodimlari o‘rtasida o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Ayollar o‘rtasida:

1. Kamola Israilova (MTRK Media markazi);
2. Sojida Shernayeva («Yoshlar» telekanali);
3. Dilorom Ergasheva (MTRK Media markazi).

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

G‘oliblikni va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan OAV vakillari «Vatanparvar» tashkilotining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

"Aniq.uz" sayti o‘q otish bo‘yicha musobadaqa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Eslatib o‘tamiz, respublika bo‘ylab «Vatanparvar» tashkiloti tizimida avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, biatlon, o‘q otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlari seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Tashkilot sportchilari ushbu sport turlari bo‘yicha respublika, MDH, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Kiritildi: 12:43 26.06.2024. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!