Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Angrenda yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

Angrenda yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 03 iyun kuni soat 23:30 da, 21 yoshli M.S. Angren shahar Ohangaron ko‘chasida joylashgan “Al-Aziz” kafesi oldida joylashgan avtobus bekati atrofida, tanishi 21 yoshli A.O. bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida M.S. o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan O.A., ning o‘ng biqin sohasiga bir marotaba zarb bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada O.A. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 13:43 06.06.2020. O'qildi: 2038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!