Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir sifatining havo ifloslanishiga salbiy ta’siri ko‘rsatilgan videolavhalar tarqaldi.
"O‘zbekko‘mir" AJ axborot xizmati ma’lum qilishicha, kompaniya tomonidan Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalariga yetkazib berilayotgan mahalliy ko‘mir B2 markali bo‘lib, kulchanlik darajasi 42 foizni tashkil etadi. Bu mahsulot sifat guvohnomalariga mos bo‘lib, har ikki stansiya aynan ana shu ko‘mirga ixtisoslashgan.
Angren issiqlik elektr stansiyasida 2016 yilda ishga tushirilgan yangi energoblok mahalliy ko‘mir hisobiga ishlaydi, ammo zamonaviy elektrofiltrlar hisobiga atmosferaga deyarli zararli gazlar chiqarmaydi.