“Angren IES” AJda quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Bu esa stansiyada muqobil energiya manbalarini joriy etish orqali o‘z ehtiyojlarini qayta tiklanuvchi energiyadan qoplash imkonini beradi.
Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga qo‘shimcha 150 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 53 ming kub/metr tabiiy gaz yoki 140 tonnagacha ko‘mir yoqilg‘isi tejaladi, deb xabar beradi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.