Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida temir yo‘l qurilishi uchun yer ajratildi

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida temir yo‘l qurilishi uchun yer ajratildi

Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Ohangaron tumani qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 2,7 gektar yer maydoni temir yo‘l qurilishi uchun ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Angren” EIZ hududi “Ohangaron” bloki, Ohangaron tumani “Tut” MFY sanoat zonasini muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilyapti.

Zonada joylashgan umumiy 22 gektar yer maydoni onlayn auksion savdosi orqali investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir qator korxonalarga uzoq muddatga ijaraga berildi.

Mazkur loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, shuningdek, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni eksportga yuborishda sharoit yaratish maqsadida korxonalar joylashgan hududga temir yo‘q tarmog‘i tortish ishlari reja qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, temir yo‘l tarmog‘ini qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar investorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:35 28.09.2024. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!