Andijon tumanida yashovchi ayolga kelinlik xonadonidan 85 turdagi buyumlari olib berildi.
Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, undiruvchi M.M.ga qarzdor M.A.dan jami 85 turdagi mol-mulklarning olib berilishi belgilangan.
Qayd etilgan mol-mulklar ro‘yxatidan kelinning sepi tariqasida olib kelingan kiyim-kechak, maishiy jihozlar va xo‘jalik anjomlari joy olgan.
Kelinning sepini olib berish bo‘yicha Byuroning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan barcha mol-mulklar undiruvchiga olib berilishi ta’minlandi.