Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonlik fuqaro otasini haqoratlagan erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi

Andijonlik fuqaro otasini haqoratlagan erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi

Andijon viloyati. Joriy yilning 30 aprel kuni soat 14:00 larda Paxtaobod tumani “Qovul” ko‘chasida yashovchi 25 yoshli M.D. mahalladoshi 31 yoshli T.J. bilan mahalla hududida bo‘la turib, o‘rtalarida T.J. M.D.ning otasini haqorat qilganligi sababli vujudga kelgan janjal natijada, M.D. avtomashinasida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘ini olib T.J.ning qorin qismiga urib jarohat yetkazganligi aniqlangan.

Jabrlanuvchi T.J. olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga olib kelingan bo‘lsada, shifokorlar tomonidan unga ko‘rsatilgan tibbiy mulojalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tergov-tezkor guruhi ko‘zdan kechirish tergov harakatini olib borgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi voqea joyidan yashirinib, mahalladagi uylarining biriga qirib, ashyoviy dalilni yo‘q qilish maqsadida uyning hojatxonagasiga qirib xo‘jalik pichog‘ini tashlab yuborilganligi aniqlangan. Bir qator chora tadbirlardan so‘ng 1 dona xo‘jalik pichog‘i hamda M.D.ning egnida bo‘lgan kiyimlar va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:29 05.05.2022. O'qildi: 4122 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!