Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbar o‘rinbosari davlat idorasida O‘zbekiston hududida taqiqlangan modda chekayotgani aks etgan surat tarqaldi.
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yuqoridagi holat bo‘yicha o‘rganish natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumotlar quyidagicha:
Andijon shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i D.U. hamda uning o‘rinbosari S.B. bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.