Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijondagi korxonaning qarzi sabab 2 ming dona shim xatlandi

Andijondagi korxonaning qarzi sabab 2 ming dona shim xatlandi

Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilmasligi haqdorning haqli e’tirozlariga va qarzdorga qonuniy chora ko‘rilishi bilan birga qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqarishiga sabab bo‘ladi.

Xususan, Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor MCHJdan xorijda faoliyat olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt foydasiga 44,7 ming AQSh dollarini undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor jamiyat kelishuv shartlarini buzib, to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdordagi summani belgilangan vaqtda amalga oshirmasdan, kechiktirib kelgan.

Shu sababli, ijro hujjatining ijrosini ta’minlash, qarzdorlikni undirish bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli 2 000 dona erkaklar va ayollar shimlari xatlab qo‘yildi.

Hozirda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 15:04 19.05.2025. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!