Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda "ZIL" yonib ketdi

Andijonda "ZIL" yonib ketdi

Andijon viloyati YHX xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

2025 yil 19 mart kuni soat 22:00lar atrofida, Asaka tumani “Navoiy” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida, 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi U.SH. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Zil-130” rusumli yuk transport vositasini “A-373 Toshkent-O‘sh yo‘lining Shaxrixon” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida, transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi natijasida transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Ushbu yong‘in FVB Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Xodisa natijasida jabrlangan shaxslar mavjud emas.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Asaka tumani FVB tomonidan olib borilmoqda

"Barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarishdan avval uning tehnik sozligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng yo‘lga chiqishlarini so‘raymiz!" - deyiladi Andijon viloyati YHX bayonotida.

Kiritildi: 23:22 19.03.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!