Sud qarori ijrosini ta’minlash doirasida Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan ona va uning voyaga yetmagan farzandini uy-joyga kiritish bilan bog‘liq ijro harakati amalga oshirildi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 15.09.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan J.B. voyaga yetmagan 12.09.2020 yilda tug‘ilgan X.M. ismli farzandi bilan birga J.J. egaligida va boshqa javobgarlarning foydalanuvida bo‘lgan Bo‘ston tumani, Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasidagi uy-joyga majburiy tartibda kiritib qo‘yish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda barcha zarur choralar ko‘rilib, ijro jarayonida bolaning huquq va qonuniy manfaatlari ustuvor tarzda ta’minlandi. Ijro harakati mahalla faollari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Ijro harakatlari natijasida ona o‘zining voyaga yetmagan farzandi bilan uy-joyga kiritilib, sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlandi.