Andijon viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 25 foizga oshdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati statistika boshqarmasi bu bo‘yicha ma’lumot bergan. 2024 yilning yanvar-mart oylari holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 4 390 900 so‘mni tashkil etdi.
2023 yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqi 25,2 foizga oshdi.