Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda uka fohishalik bilan shug‘ullangan opasini o‘ldirib, o‘z uyiga ko‘mib qo‘ydi

Andijonda uka fohishalik bilan shug‘ullangan opasini o‘ldirib, o‘z uyiga ko‘mib qo‘ydi

Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Umidjon Umarov opasi Shahnozaning umriga zomin bo‘ldi. Jinoyat izini yashirish maqsadida onasi va ukasi ishtirokida murdani o‘zlari istiqomat qilayotgan xonaga ko‘mib yubordi. 

Kuni kecha   jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida ushbu masala ko‘rib chiqildi.

Voqea 2018 yilning 2 yanvar kuni bo‘lib o‘tgandi. 2017 yilda turmushidan ajrashgan andijonlik Shaxnoza Umarova tirikchilik vajidan fohishalik bilan shug‘ullanishni kasb qilib oldi. Axloqsiz erkaklar bilan munosabati davomida ichkilik va tamaki chekishni o‘rgandi. Yana ham achinarlisi, bu voqealarning barchasi o‘z onasi, ukasi va jiyanlari bilan birgalikda istiqomat qilayotgan xonadonda ro‘y berardi.

O‘sha kuni uyiga noma’lum erkakni taklif qildi. Bir xonada o‘tirib ovqatlanishdi. Ko‘ngilxushlikdan so‘ng erkak ketmoqchi bo‘ldi. Shaxnoza «mehmon»ni kuzatib qo‘yishni jiyani Sherzodga buyurdi. Bolakay begona tog‘ani kuzatib kirgach, ayol uni so‘roqqa tutdi.

— Menga qara, ko‘chada qo‘shnilar bor ekanmi?

— Ha, bor ekan.

— Ular bu kishi kim edi, deb so‘rashgandir? Nima deb javob berding?

U kishini tanimasligimni aytdim.

Sherzodning ushbu javobi ayolning fig‘onini ko‘kka ko‘tardi. Nima uchun tog‘am bo‘ladi, deb aytmading, deya uni qo‘liga ilingan buyum bilan urdi. Kapgirni olib, beliga zarb berdi. Qo‘liga olgan o‘qlovni orqa peshoviga tiqishga urindi. Bolaning azoblanishiga befarq qarab tura olmagan ayolning onasi ularning o‘rtasiga tushdi. O‘z onasiga ham tinchlik bermagan Shahnoza ko‘chaga chiqib, sigaret va aroq olib kelishini buyuradi. 

Shu payt xonaga kirib kelgan ukasi Umidjon vaziyatni shu zahoti tushunadi. Onasi va jiyanini uydan chiqarib yuborib, opasini do‘pposlay boshladi. Aslida ayolning ta’zirini berib qo‘ygisi, shu tariqa tavbasiga tayantirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biroq, hammasi oshib ketdi. Ayolning egnidagi kiyimini yechib olib, uning oyoq-qo‘lini bog‘lagan yigit Shahnozaning duch kelgan joyiga tepa boshladi. Og‘zi-burni qonga to‘lgan opasiga rahm qilib o‘tirmadi. Uni shu ahvolda ko‘tarib, yerga tashladi. Opasi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Qotillik jinoyatini yashirishga uringan yigit shu xonaning o‘zida bir metrlik chuqur kovladi. Uni ko‘mishga onasi va jiyani yordam berdi. Uchalasi xonani tartibga keltirib, bo‘lib o‘tgan voqeani hech kimga aytmaslikka kelishib oldilar.

Yopilgan qozon ma’lum vaqtgacha yopiqligicha qolishi mumkin edi. Biroq, yigit tinchini yo‘qotdi. Tushlariga opasi kirib chiqadigan bo‘ldi. Xalovatidan ayrilgach, oilasi bilan boshqa uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan voqealarni turmush o‘rtog‘iga aytib berdi. Shu tariqa ko‘ngli biroz bo‘lsa-da, taskin topar, deb o‘ylagan edi. Lekin ayoli bu ahvolda yashab bo‘lmasligini tushundi. Ichki ishlar bo‘limiga xabar berib, erining qotilligidan ogoh etdi.

Shu yilning 9 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida Umidjon Umarovning jinoyat ishi atroflicha ko‘rib chiqildi va unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 14:29 13.10.2020. O'qildi: 8328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!