Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda Qirg‘iziston fuqarosi 2 nafar qizaloqning o‘limiga sabab bo‘ldi

Andijonda Qirg‘iziston fuqarosi 2 nafar qizaloqning o‘limiga sabab bo‘ldi

2020 yilning 28 sentyabr kuni soat 17:20 larda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi 28 yoshli haydovchi SH.L., boshqaruvidagi “Volvo” rusumli (Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli) yuk avtomashinasida Buloqboshi tumani Sanoat MFY, Gastrol ko‘chasidan o‘tgan “Buloqbosh-Andijon” avtomashina qatnov yo‘lining “Buloqboshi” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, yo‘lning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar 10 yoshli B.A. (ayol) va 3 yoshli K.N.,ni bosib o‘tib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan. YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N., hamda haydovchi SH.L.,lar vafot etishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respbublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi kelgusi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilgan.

Kiritildi: 10:13 29.09.2020. O'qildi: 2655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!