Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi aniqlandi

Andijonda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT “U.YU.” “Qadriyat” MFY hududidagi xonadonida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, alkogol mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, undan 934 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:08 30.06.2025. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!