Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda ota farzandlari uchun 19 ming dollar aliment puli to‘ladi

Andijonda ota farzandlari uchun 19 ming dollar aliment puli to‘ladi

Andijon tumanida yashovchi ota farzandlari moddiy ta’minoti uchun 19 000 AQSh dollari miqdorida aliment to‘lab berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor T.I.dan undiruvchi M.I. foydasiga 4 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Shunga muvofiq, Byuroning Andijon tuman bo‘limi xodimlari tegishli ijro harakatlarini olib borgan va qarzdor shu kunga qadar aliment pullarini to‘lab kelgan.

Ijro harakatlari davomida, taraflar bilan suhbat jarayonida qarzdor aliment to‘lovlarini oldindan to‘lab berishini ma’lum qilgan. Undiruvchi ayol esa bunga xayrixohlik bildirgan.

Taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilib, ota farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari uchun oldindan 19 000 AQSh dollari, ya’ni qariyb 250 million so‘m miqdoridagi pullarni undiruvchi M.I.ga taqdim etdi. Undiruvchi M.I. farzandlari voyaga yetgungacha bo‘lgan aliment pullari hisobiga ushbu pullarni qabul qilganligini bildirib, ijro ishi tamomlanishini so‘radi.

Kiritildi: 21:11 17.02.2025. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!