Andijonda sodir bo‘lgan yongin to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bugun, 30-iyun kuni soat 16:00 da Andijon viloyati FVBga, Andijon shahar "Pistamozor" MFY "Bobur shoh" ko‘chasida "MAN" rusumli yuk avtomobilida yongin sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:07 da voqea joyiga yetib borib, yongin soat 16:09 da o‘rab olingan va soat 16:22 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.