Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda kon ishchisini tosh bosib qoldi

A A A
Andijonda kon ishchisini tosh bosib qoldi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kon ishchisi tosh bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur holat kecha, 25 noyabr kuni soat 10:00 larda Buloqboshi tumani “Qaqir” MFY xududida joylashgan “Muhammad Tosh koni” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli konda sodir bo‘lgan. “Qaqir” MFYda yashovchi 46 yoshli S.A.ni kondagi tosh chiqarish ishlari vaqtida ehtiyosizlik oqibatida tosh bosib qolgan. Oqibatda S.A. voqea joyida vafot etgan. Marhum oilali, ikki nafar farzandning otasi bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:59 26.11.2023. O'qildi: 1460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!