Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijonda kommunal qarzdorlikni undirish bo‘yicha kuchaytirilgan reyd boshlandi

Andijonda kommunal qarzdorlikni undirish bo‘yicha kuchaytirilgan reyd boshlandi

O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida bir kun ichida tabiiy gazdan 510 mln so‘m, ichimlik suvidan esa 114 mln so‘m qarzdorlik undirilgan.

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi hamda kommunal tashkilotlar hamkorligida gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvidan bo‘lgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish, ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Joriy yilning 18 dekabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida tabiiy gazdan 510 mln. so‘m, elektr energiyasidan 41 mln. so‘m, ichimlik suvidan 114 mln. so‘m qarzdorliklar undirilishi ta’minlangan.

Mazkur tadbir doirasida to‘lovdan bo‘yin tovlagan 21 nafar iste’mochilar tabiiy gaz tarmog‘idan, 4 nafari elektr tarmog‘idan uzildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida kommunal tashkilotlar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilgan ijro harakatlari davomida tabiiy gazdan 4,5 mlrd., elektr energiyasidan 15,5 mlrd. so‘m hamda ichimlik suvidan 3,3 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirilishi ta’minlangan.

Reyd tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!