Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 mln so‘m jarima to‘ladi

Avto A A A
Andijonda ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 mln so‘m jarima to‘ladi

Andijon shahrida ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 million so‘m jarima to‘ladi. Bu haqda “Daryo” MIB axborot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqaro B.I. avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, 2022 yil 20 oktyabrdan 28 dekabrga qadar, ya’ni 2 oy davomida jami 26 ta qoidabuzarlik sodir etgan. Natijada 26 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy jarima qo‘llanilgan bo‘lib, uning miqdori 28 170 000 so‘mga borib yetgan.

Ma’muriy jarimalarni undirish maqsadida byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro B.I. bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qo‘llanilgan 28 170 000 so‘m jarima pullari to‘liq undirildi.

Kiritildi: 04:20 14.03.2023. O'qildi: 1852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!