Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijonda 5,3 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Andijonda 5,3 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida jinoiy sxema asosida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi.

"O‘zenergoinspeksiya"ning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida ma’lum bo‘lishicha, “B.B.” MCHJ rahbari S.A. tomonidan Beshqovoq mahallasidagi tuz ishlab chiqarish sexida gaz hisoblagich muhri buzilgan va ishlab chiqarish maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik ortidan gaz ta’minoti korxonasiga 5,3 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.

Kiritildi: 16:06 15.03.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!