Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat IIB JQB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.S. va boshqalar Norin-Qoradaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga tegishli 60 sotix yer maydonini fuqoro F.O.ga firibgarlik yo‘li bilan 12 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.