Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Avazbek Ergashev 1966 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Andijon paxtachilik instituti (hozirgi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda Oltinko‘l tumani “Oqtepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.

1992-2022 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Oqtepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati “Paxta urug‘chiligi” birlashmasi raisi, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “G‘o‘za urug‘chiligi” respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

2006 yil 18 yanvardan buyon Qo‘rg‘ontepa tumaniga rahbarlik qilib kelgan. 2020-2022 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2023 yillarda O‘zbekiston Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015—2019 yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lgan.

2023 yildan buyon Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi

Marhumning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiriladi.

Kiritildi: 09:49 27.12.2024. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!