Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijon tumanida elektr energiyasidan hisoblangan zararni kamaytirmoqchi bo‘lgan ETK yuriskonsulti ushlandi

Andijon tumanida elektr energiyasidan hisoblangan zararni kamaytirmoqchi bo‘lgan ETK yuriskonsulti ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon tumani ETK “Kuygan-yor” bo‘limi yuriskonsulti A.G‘. tadbirkor S.Z.ning ishonchiga kirib, uning “Oq-yor” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha hisoblangan 64 mln so‘m zararni 9 mln so‘m evaziga kamaytirib berishini aytib, dastlab 1 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 8 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:23 05.11.2024. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!