Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “X.YO.” Andijon shahri, “Paxtakor” MFY hududidagi “Ts.” MCHJga tegishli binoda “Suxariki kiriyeshki” mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.