Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Andijon" Maksim Shaskix bilan xayrlashdi

"Andijon" Maksim Shaskix bilan xayrlashdi

Shu yilning 13 may sanasida "Andijon" bosh murabbiyi etib tayinlangan Maksim Shaskixning shartnoma muddati 31 dekabr sanasigacha mo‘ljallangan edi.

Ammo klub rahbariyati murabbiy bilan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qildilar.

"Biz Maksim Aleksandrovichga jamoamizdagi 6 oylik faoliyati davomidagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shaskix “Andijon” ustozi sifatida qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirish harakatida bo‘ldi va klub rivoji yo‘lida mehnatini ayamadi.

Shaskix “Andijon” bosh murabbiyi sifatida barcha musobaqalarda jami 24 ta o‘yin o‘tkazildi. Shundan 5 g‘alaba, 9 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etildi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 da uning boshchiligida qayd etilgan natijalar ham e’tiborga molik. Boisi, “Andijon” 4 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi, mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi.

Jamoamizni boshqarish vaqtinchalik Akmal Shorahmedov zimmasiga yuklatildi. Biz Shaskixga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hammasi uchun rahmat, Maksim Aleksandrovich!", - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.

Kiritildi: 21:48 18.11.2025. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!