Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyati hokimlari maktabda dars o‘tdi (+foto)

Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyati hokimlari maktabda dars o‘tdi (+foto)

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham maktabda dars o‘tdi. Bu haqida Andijon viloyati hokimligining telegram kanalida xabar berilmoqda.

“Hokim soati” rukni ostidagi hayot darslari Andijon shahridagi 1440 o‘rinli 18-umumta’lim maktabida davom etdi. Dastavval 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari  bilan o‘tkazilgan dars esa savol-javoblarga boy bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahridagi 10-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklagan hamda mustaqillik darsini o‘tgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Koson tumanidagi 62-maktabda o‘tkazilgan tadbirda qatnashib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi o‘rni haqida ham o‘z kechinmalarini so‘zlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.

Kiritildi: 15:14 04.09.2019. O'qildi: 3762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!