Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijon Davlat Universitetining 6 ta xodimida koronavirus aniqlandi

Andijon Davlat Universitetining 6 ta xodimida koronavirus aniqlandi

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar hamda talabalar orasida muassasaning professor-o‘qituvchilari, talabalari va boshqa xodimlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangani, natijada Axborot resurs markazi karantinga olingani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 16 mart holati bo‘yicha universitetning 6 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ayni damda bemorlar karantinga olindi, vaziyat nazorat ostida.

Talabalar orasida kasallanganlar aniqlanmagan. 

Ushbu kasallikni tarqalib ketishini oldini olish uchun ARM vaqtincha yopilgan va viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik xizmati tomonidan nazoratga olingan.

Kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan barcha 14 kunlik karantinga olingan. Ularga universitet hisobidan dorilar jamlanmasi taqdim etildi.

Universitetda karantin qoidalari kuchaytirilib, hududga tibbiyot niqobisiz kirish, qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi, kirayotganda har bir kishining tana haroratini o‘lchash va qayd qilib borish yo‘lga qo‘yildi, dars jarayonlarida masofa saqlash qat’iy nazoratga olindi.

Universitet hududi va barcha binolar SEOM hodimlari tomonidan to‘liq dezinfeksiya qilindi. 

Universitetda o‘quv jarayonlari to‘liq davom etadi. 

Shu o‘rinda, talabalar va o‘qituvchilardan havotirga tushmasliklarini so‘raymiz va vaziyat to‘liq nazoratga olinganini bildirib o‘tamiz.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati 

Kiritildi: 19:07 17.03.2021. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!