Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Dortmundning “Borussiya” klubi bilan bo‘lib o‘tadigan YECHL finali haqida gapirdi.
“Biz favorit bo‘lish haqida o‘ylamaymiz. Biz barcha finallarda bo‘lgani kabi azob chekib, kurashishga majbur bo‘lamiz. "Borussiya" - tajribali o‘yinchilarga ega sifatli jamoa", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi AS.
Chempionlar ligasi finali 1 iyun kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Madrid klubi pley-off bosqichida “Leypsig”, “Manchester Siti” va “Bavariya”ni turnirdan chiqarib yubordi.