Bugun 16 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Zangiotadagi kasalxonadan mayitlarni olib ketish katta muammoga aylanmoqda

Ana xolos! Zangiotadagi kasalxonadan mayitlarni olib ketish katta muammoga aylanmoqda

"Telegram" kanallarda Zangiotadagi kasalxona o‘likxonasidan mayitlarni olib ketish katta muammoga aylanayotgani haqida video tarqaldi.

Lavhada kishilar o‘likxona oldida to‘plangan va vafot etgan yaqinlari jasadini olib ketish borgan sari qiyinlashib borayotgani aks etgan. Marhumlarning haqiqatda vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganlar soatlab kutishga majbur bo‘layotgani aytilmoqda.

«Ishi yurishayotgan» tobut tashishga ixtisoslashgan mashinalar ham xizmat haqini oshirgan: xizmatlar yo‘lning uzoqligiga qarab 700 ming so‘mdan boshlanmoqda va yuqorilab boraveradi...

Bunday manzaralar COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etayotganlarga oid rasmiy statistikaga nisbatan asosli shubha tug‘diradi. Internetda tarqalgan audioda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Xadjiboyev Zangiotadagi maxsus shifoxonada, «kislorod ‘davleniya’si tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o‘layotgani»ni aytganidan keyin-ku shubhalar battar oshdi.

Xadjiboyevning gaplariga Sog‘liqni saqlash vazirligi odatdagidek ‘sip-silliq’ izoh berish bilan cheklandi xolos. Unda kislorod ‘davleniya’si tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o‘layotganini xususida deyarli churq etilmaydi», – deb yozmoqda «Xabar.uz».

Kiritildi: 19:17 18.10.2020. O'qildi: 6040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!