Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Yamaykalik sportchi internetdagi muammolar tufayli Olimpiadani o‘tkazib yuboradi

Ana xolos! Yamaykalik sportchi internetdagi muammolar tufayli Olimpiadani o‘tkazib yuboradi

Yamayka yengil atletika assosiasiyasi sportchining Olimpiada o‘yinlariga arizasi topshirilishi kerak bo‘lgan kuni Beril to‘foni tufayli elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lgani va internetga ulanish imkoni bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Yamaykalik bolg‘a uloqtiruvchi Nayoka Klunis internetdagi muammolar tufayli Olimpiadani o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Jamaica Observer portali Yamayka yengil atletika assosiasiyasiga (JAAA) tayanib xabar berdi.

JAAA xabariga ko‘ra, xato Olimpiada o‘yinlari uchun ariza topshirilishi kerak bo‘lgan kuni "Beril" to‘foni sababli elektr quvvati va internetga ulanishning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Klunis allaqachon Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyasiya arizasi bergan, biroq ish uning yurisdiksiyasidan tashqarida bo‘lgani uchun so‘rovni rad etgan.

JAAA voqeadan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi. Ular Jahon Atletika va XOQ Klunisning Olimpiadada ishtirok etishiga imkon berish yo‘lini topadi, degan umidda astoydil harakat qilishayotganini aytishdi.

Yamaykalik sportchining kvotasi ukrainalik Irina Klimes foydasiga qayta taqsimlandi.

Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:58 25.07.2024. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!