Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Toshkentda yangi qurilgan uylardan olmoqchi bo‘lgan erkak 50 000 dollar va "Lasetti"dan ayrildi

Ana xolos! Toshkentda yangi qurilgan uylardan olmoqchi bo‘lgan erkak 50 000 dollar va "Lasetti"dan ayrildi

Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2016 yil iyul oyidan 2018 yil fevral oyiga qadar bo‘lgan davr ichida 36 yoshli Sirojiddin S. 41 yoshli Rahmatullo X.ga yangi qurilgan uydan xonadon xarid qilishda yordam berishini va’da qilgan.

Shu bahona Sirojiddin S. Rahmatullodan 50.000 AQSh dollari, hamda narxi 17.200 AQSh dollari bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomobilini olgan. Ammo u va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.

Kiritildi: 11:36 19.02.2020. O'qildi: 4310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!