Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Rossiyada yaratilgan vaksina aholi uchun xavflimi?

Ana xolos! Rossiyada yaratilgan vaksina aholi uchun xavflimi?

London universiteti kolleji qoshidagi Genetika instituti professori, shveysariyalik tadqiqotchi Fransua Ballu  Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishga bo‘lgan munosabatidan g‘azablanganini aytib, tanqid qildi. Fransiyaning Libération gazetasiga bergan intervyusida u bozorda juda tez chiqarilgan vaksina aholi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

“Bu ahmoqona qaror va, eng avvalo, xavfli. Poygada yutish uchun COVID-19 vaksinasi yaratilgani borasida qaror qabul qilindi", dedi Ballu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dunyoda birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi fikrlariga izoh berarkan.

SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi yirik DNK tadqiqoti hammualliflaridan birining so‘zlariga ko‘ra, agar emlashdan keyin jiddiy yon ta’siri paydo bo‘lsa, u vaksina qabul qilganlar uchun falokatli bo‘ladi. "Bu sog‘liqni saqlash siyosatiga va umuman hukumatlarga ishonchsizlikni yanada kuchaytiradi", dedi Ballu.

Rossiya nima uchun barcha xalqaro me’yorlardan chetga chiqib ketishi haqida so‘ralganida tadqiqotchi bu "amerikaliklardan boshlangan buyuk G‘arb demokratiyalarini yengib o‘tish" istagi bilan bog‘liq, deb javob berdi. "Bu bezovta qiluvchi dinamikaning bir qismi. Agar Putin yangi vaksinalarga qiziqish bildirsa va yangi ittifoq tuzishga intilsa ham, Tramp singari u o‘zini qutqaruvchi sifatida ko‘rsatishni xohlaydi”, – deya tushuntirdi olim.

Ma’lumot uchun, 11 avgust kuni Putin koronavirusga qarshi birinchi Rossiya vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilishini e’lon qildi. U fuqarolarga 2021 yil yanvaridan taqdim etiladi. Putinga ko‘ra, emlash ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 16:31 12.08.2020. O'qildi: 4857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!