Braziliya terma jamoasi hamda “PSJ” hujumchisi Neymar “Real”ga o‘tish fikridan qaytdi. Bunga “Real”ning Ronalduni sotgani sabab bo‘lmoqda. Xabaringiz bor, “qirollik klubi” portugaliyalik 33 yoshli yulduzni “Yuventus”ga 112 mln yevro evaziga pullab yubordi.
“Mundo Deportivo” nashrining yozishicha, bu Neymarga yoqmagan. Uning fikricha, Zidan hamda Ronalduning ketgani “Real”ni sezilarli darajada kuchsizlantiradi. Neymar “Real” endi oldingidek kuchli bo‘lmaydi, hammasini noldan boshlaydi degan fikrda. Shu bois u endi “Real”ga o‘tmoqchi emas.