Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Kommunistik partiya tarkibida bo‘lgan, enng qizig‘i esa vafot etganiga bir yil bo‘lgan generalni haydab yubordi.
Qayd etilishicha, general o‘tgan yili korrupsiyaga bog‘liq jinoyatlari tekshirilayotgan paytda o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda AQShning "Newsweek" haftalik yangiliklar jurnali xabar bermoqda.
Markaziy harbiy komissiyaning sobiq a’zosi bo‘lgan Chjan Yan Xitoy Kommunistik partiyasining a’zoligidan chiqarib yuborildi va barcha mol-mulklari musodara qilindi.
Xitoy hukumati oldida aybdor bo‘lgan shaxs faqat pora olib, pora beribgina qolmay, Xitoy kommunistik partiyasining g‘oyalariga zid bo‘lgan "o‘ta katta miqdordagi mulk"ka ham ega bo‘lgan.