Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! Koronavirus tufayli oilaviy ajrimlar ko‘paymoqda

Ana xolos! Koronavirus tufayli oilaviy ajrimlar ko‘paymoqda

Xitoyda koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan karantin mamlakatda oilaviy ajrimlarning ko‘payishiga olib keldi, deb yozadi Daily Mail.

Sichuan provinsiyasidagi Dachjou shahridagi FHDYo bo‘limiga 24 fevraldan buyon ajrashishga oid 300 ta ariza kelib tushgan.

Er-xotinlarning karantin tufayli ko‘p vaqtini birga o‘tkazishga majbur bo‘layotgani ajrimlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda.

«Er-xotin uyda ko‘p vaqtini birga o‘tkazadi, arzimas sabablar bilan janjallashadi. Keyin ajrashishga ariza beradi», — deydi FHDYo xodimi Lu Shiszyun.

Xuddi shunday holat Shensi provinsiyasining Sian shahrida ham kuzatilmoqda. Hududda o‘tgan vaqt ichida 14 ta ajrashish uchun ariza qayd etilgan.

Bu esa belgilangan limitdan ko‘p degani. Fuchjou shahrida mahalliy FHDYo bo‘limlariga bir kunda o‘nta ariza kelib tushmoqda.

Shaharlar ma’muriyati ajrashishga arizalar ko‘payib ketayotganini tashkilotlar avval ishlamagani, shuning uchun arizalar yig‘ilib qolgani bilan ham izohlamoqda.

Kiritildi: 17:47 20.03.2020. O'qildi: 5345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!