Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Fuqarolarga dam olish va bayram kunlari o‘lish taqiqlandi

Ana xolos! Fuqarolarga dam olish va bayram kunlari o‘lish taqiqlandi

Fransiya kommunasi meri mahalliy aholining dam olish va bayram kunlari o‘limini taqiqlovchi qaror chiqardi. Ajablanarlisi shundaki, ushbu hujjatning nima uchun qabul qilinganligini oddiygina tushuntirib berishdi.

Xorijiy Internet saytlari xabariga ko‘ra, vaziyat tibbiy xodimlarning keskin yetishmasligi bilan bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, o‘sha kunlarda shifokorlar tez yordam chaqirgan bemorning uyiga yetib borishga ulgurmaydilar.

Shu bois mer Izabell Dyujele farmonga imzo chekishga majbur bo‘ldi, unga ko‘ra odamlar dam olish kunlari va bayramlarda o‘z uylarida o‘lishlari mumkin emas.

Ushbu mavzuni muhokama qilish uchun bir necha hafta oldin sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, bir ayol ahvoli yomonlashgani bois tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. Shifokor esa qo‘shni tumandan yo‘lga chiqishgan. Oraliq masofa uzoq bo‘lganligi bois shikorlar juda kech qolishgan. Ayol vafot etgan. Shahar hokimi esa bunday holat yana takrorlanishini xohlamay, shu qarorni qabul qilgan.

 

 

 

Kiritildi: 22:30 08.12.2019. O'qildi: 3700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!