Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! Fazoda birinchi jinoyat sodir etildi

Ana xolos! Fazoda birinchi jinoyat sodir etildi

AQSh fazogiri Anna Makkleynn xalqaro fazo stansiyasi (XFS) bortidan ajralish prosessida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Sammer Uordenning bank hisoblariga ruxsatsiz kirishda ayblandi, deb xabar berdi KPRC telekanali. Agar uning aybi isbotlansa, u fazoda jinoyat sodir etgan ilk inson bo‘ladi, deydi "togri.uz".

"USAA Bank” advokatimga u mening bank hisobraqmimga kirganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etdi”, deya Uordenning so‘zlarini keltiradi telekanal.

Hisobdagi mablag‘ yo‘qolmagan ammo...

Uorden garchi hisobdagi mablag‘i yo‘qolmaganini tan olgan bo‘lsa-da, shaxsiy ma’lumotlarining o‘g‘irlangani uchun AQSh Federal Savdo Komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qildi. 

NASA bu xabarlarga munosabat bildirmagan

Annaning ota-onasi esa NASAga murojaat qilib, tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan. Ammo NASA bu xabarlarga munosabat bildirmagan. 

NASA: "Anna Makkleyn amaldagi fazogir”

“NASA bu borada ma’lumotga ega emas va xodimlarning shaxsiy hayoti yoki ishi haqida hech qanday izoh bermaydi. Anna Makkleyn amaldagi fazogir”, deya rahbariyat javobidan iqtibos keltirilgan habarda.

Oilaning moliyaviy ahvoli tartibda ekanligini tekshirgan

Makkleynning advokati Rasti Xardin “New York Times” gazetasiga bergan intervyusida uning mijozi shunchaki oilaning moliyaviy ahvoli tartibda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun hisob holatini tekshirganini aytgan. 

Advokat mijozi noto‘g‘ri ish qilganini qat’iyan rad etgan

Makleynning advokati mijozi noto‘g‘ri ish qilganini qat’iyan rad etgan. Anna ilgari turmush o‘rtog‘ining parolidan foydalangan. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Uorden Makkleynga hisobraqamiga kirishni taqiqlagani haqida ogohlantirmagan. 

Ma’lumot uchun, Makkleyn va Uorden 2014 yilda turmush qurgan. Ammo oradan 4 yil o‘tib, 2018 yilda ajrashish jarayoni boshlanib ketgan. Ular birgalikda Uordenning hozirda olti yosh bo‘lgan o‘g‘lini birga tarbiyalagan. Makkleyn xalqaro fazo kemasida 7 oy bo‘lib, shu yil iyun oyida Yerga qaytgan edi.

  •  
Kiritildi: 08:00 25.08.2019. O'qildi: 5653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!