Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! "COVID-19"ga qarshi vaksina 4 toifa odamga ta’sir qilmaydi. Ular kimlar?

Ana xolos! "COVID-19"ga qarshi vaksina 4 toifa odamga ta’sir qilmaydi. Ular kimlar?

Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteynning aytishiga qaraganda vaksinadan foydalanish ayrim odamlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin. 

Virusolog fikriga ko‘ra, birinchi navbatda bu inson organizmining antitanachalar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog‘liq. Organizmida immunodefisit mavjud bo‘lgan kishilarda vaksina yetarli miqdorda ishlab chiqilmasligi mumkin. 

Mutaxassisning aytishiga qaraganda, immunodefisit, aksariyat hollarda, quyidagi odamlarda uchraydi:

  • keksa yoshli kishilarda
  • qattiq asablashayotgan (stress) kishilarda; 
  • yallig‘lanishga qarshi dori ichayotgan kishilarda; 
  • spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qiladigan kishilarda;

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina 11 avgust kuni ro‘yxatga olingan edi. Gamaleya nomidagi NISEM tomonidan odam adenovirusi asosida yaratilgan vaksina bo‘lib, u 2 bosqichda kiritiladi. Ushbu vaksina yoshi 65 yoshdan katta bo‘lgan hamda allergiyasi bo‘lgan kishilar uchun tavsiya qilinmaydi. 

"Vektor" Virusologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan ikkinchi vaksina esa 14 oktyabr kuni ro‘yxatga olindi. Bu mutlaq sun’iy uslubda yaratilgan vaksina bo‘lib, allergiyasi bor hamda keksa yoshli kishilar uchun ham mos keladi. 

Sechenov universiteti Statistika kafedrasi boshlig‘i Andrey Gerasimov fikriga ko‘ra, aholi orasida koronavirusga qarshi mustahkam immunitet paydo bo‘lishi uchun kamida 64 % fuqarolar emlanishi kerak. 

Kiritildi: 14:52 21.10.2020. O'qildi: 5490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!