Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat sababli OFK Elit Chempionlar ligasi 3-turi doirasida Eronga safar qilishdan xavfsiramoqda.
Marca xabariga ko‘ra, Ar-Riyod klubi xavfsizlik nuqtai nazaridan Tehronga borishni istamayapti. Saudiya Arabistoni klubi rahbariyati Eron va Isroil o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyat ayni keskin pallasiga kirgan paytda «Istiqlol»ga qarshi o‘yin uchun Tehronga borishdan xavfsiramoqda.
Shu kunElit Chempionlar ligasi 3-turi doirasidagi «Istiqlol» - «An-Nasr» uchrashuvi 22 oktyabr kuni Tehronda bo‘lib o‘tishi belgilangan.i Jaloliddin Masharipov sobiq klubdoshi Krishtianu Ronalduga qarshi maydonga tushishi kutilayotgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Isroilning G‘azodagi bosqini va Livandagi xunrezliklaridan keyin Eron 1 oktyabr kuni Isroilga 500taga yaqin ballistik raketa bilan hujum qilgani haqida xabar qilingandi.