Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Amudaryolik paxtakorlar 32 524 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi!

A A A
Amudaryolik paxtakorlar 32 524 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi!

Bugun tumanimiz qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermerlarimiz, ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mehnat jamoalari, qo‘yingki, butun tumanimiz ahli o‘zgacha quvonchda. Chunki bugun Amudaryolik paxtakorlar 2018 yil hosili uchun 32 ming 524 tonna paxta yetishtirib, davlat oldidagi yillik shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan bajardilar.

Albatta bunday natijaga erishish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi sohasini tubdan isloh qilish, sifatli xom-ashyo yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori fermerlarimizning yerga bo‘lgan, ishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirdi. Mirishkor fermerlarimizning yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan to‘laqonli va samarali foydalanishi, tunu kun qilgan fidoyi mehnatlari o‘z natijasini ko‘rsatdi.

Dehqonchilik – mashaqqatli ish. Har qanday ekinni ekishda albatta ilm bilan yondashish, ilg‘or tajribalarni amaliyotda qo‘llash, har bir fasl va va har bir kunning ob-havosini oldindan bilish, sezish va shunga qarab ish ko‘rish lozim. Ezgu niyat bilan qishning qahratoni-yu yozning jaziramasida ham har bir tadbirni o‘z vaqtida sifatli bajargan dehqonning hosili albatta barakali bo‘ladi. Shu ma’noda bugungi erishilgan g‘alaba ham dehqonlarimizning, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining, sohaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha hamkor tashkilotlar mehnat jamoalarining hamjihatlikdagi xizmatlari samarasi, desak o‘rinli bo‘ladi.

Joriy yilda mavjud 510 ta fermer xo‘jaliklarimizning 15 ming 550 gektar yeriga chigit ekildi, ob-havo qiyinchiliklariga qaramay tekis nihol olishga erishildi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘z vaqtida sug‘orilishi mo‘l hosilga ishonchli zamin yaratadi. Joriy yilgi g‘o‘za vegetasiya davridagi suvning biroz tanqisligini inobatga olib, suvni tejaydigan texnologiya – 4 ta ko‘chma egiluvchan quvurlar kompleksi olib kelinib, fermer xo‘jaliklariga berildi. Sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida samarali olib borish uchun Xitoy Xalq Pespublikasida ishlab chiqarilgan 30 dona kichik ko‘chma dizel nasoslari yetkazib berilganligi ham o‘z natijasini berdi.

Bu kabi chora-tadbirlar g‘o‘za nihollarining ortiqcha chanqab qolishining va hosil nishonalari to‘kilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Natijada kuz boshlanguniga qadar paxta maydonlarimizda hosil qiyg‘os ochilib, yig‘im-terimga kirishildi.

Paxta yig‘im-terim mavsumini yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida tumanda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan terim oldidan sektorlar rahbarlari tomonidan tumanimiz hududlarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ixtiyoriylik asosida 300 ta terim otryadlari shakllantirildi.

Shunisi ahamiyatliki bu yil Amudaryo tumani paxta hosilini hasharchilarsiz terib olish tashabbusi bilan chiqqan tumanlardan biri bo‘ldi. Tumanimizda qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillardan buyon shakllangan tizim, fidoyi va mehnatkash xalqimizning hamjihatlikda qilgan mehnatlari natijasida davlatga paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani Qoraqalpog‘istonda birinchi, O‘zbekistonda birinchilar qatori ortig‘i bilan uddalab, mehnat zafariga erishildi. Buning uchun barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu yilgi bunyod etilgan xirmon nafaqat fermer xo‘jaliklari daromadining oshishi balki tumanimiz aholisi hayotining farovonligi va turmush darajasining yanada yaxshilanishi uchun ham katta ahmiyatga ega bo‘ldi. Chunki joriy yilda paxtaning xarid narxining oshirilgani, terim uchun o‘tgan yillarga solishtirilganda deyarli ikki barobardan ortiq haq to‘lgangani fermerlar va hasharchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishda muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, bu omil vaqtincha ishsiz yurtdoshlarimizning yig‘im-terimda ishtirok etib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish vositasi ham bo‘ldi.

Paxta terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlarning yaratilgani, jumladan dala boshida issiq ovqat va choy tashkil etilgani, ilg‘or terimchilar doimiy ravishda rag‘batlantirilib borilgani, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishi, terim pullarining o‘z vaqtida kunlik hisob-kitob qilib borilgani paxtakorlarga yanada kuch bag‘ishladi. Shu kungacha tumanimiz bo‘yicha jami 24 mlrd. so‘mdan ziyod naqd pul terim haqi sifatida tarqatildi. Jami yig‘ib-terib olingan 32 ming tonnadan ortiq paxtaning asosiy qismi birinchi navga topshirilgani esa fermerlarimizning yuqori daromad olishini ta’minlaydi.

Fursatdan foydalanib barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini, dehqon va fermerlarimizni, hasharchi va yordamchilarni, paxta yig‘im-terimiga o‘zining hissasini qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizni erishilgan mehnat zafari bilan chin qalbimdan tabriklayman va o‘zimning samimiy tashukkurimni bildiraman. Mashaqqatli mehnatingizning rohatini ko‘rish baxti Sizga nasib etsin, aziz yurtdoshlar!  

Manba: uza. uz

Kiritildi: 21:27 27.10.2018. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!