Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Amsterdamda Isroillik futbol muxlislariga qilingan hujumlardan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirildi

A A A
Amsterdamda Isroillik futbol muxlislariga qilingan hujumlardan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Namoyishlarni o‘tkazishni vaqtincha taqiqlash, polisiya patrullari sonini ko‘paytirish va yahudiy muassasalarini qo‘riqlashni kuchaytirish haqida matbuot anjumanida Amsterdam meri Femke Xalsema ma’lum qildi. Kuchaytirilgan xavfsizlik choralari 8 noyabr, juma kunidan kuchga kirdi va dam olish kunlari davomida amal qiladi.

8 noyabrga o‘tar kechasi Isroilning “Makkabi” klubi va Niderlandiyaning “Ayaks” klubi o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng o‘nlab isroillik muxlislar hujumga uchradi. Niqob taqqan va Falastin bayroqlarini ko‘targan odamlar “Makkabi” muxlislarini kaltaklagan va isroillik ishqibozlar yashaydigan mehmonxonalarga bostirib kirishga uringan. Hodisa oqibatida kamida 10 nafar isroillik jabrlangan, ayni paytda hujumga aloqador bo‘lgan 62 kishi qo‘lga olingani ma’lum.

Kiritildi: 13:00 09.11.2024. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!