Fuqaro J.M.ning ammasi N.M. bilan o‘rtadagi o‘zaro nizolar charchatgani, undiruvchining bobosidan qolgan hovlidagi ulushini pul ko‘rinishda olish maqsadida sudga murojaat qiladi.
Shundan so‘ng MIB Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor N.M.dan undiruvchi J.M. foydasiga jami 179 mln. 800 ming so‘m miqdorida qarzdorlikni undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan.
Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mulk ulushidan qarz summalari naqd ko‘rinishda to‘liq undirilgan va shu bois ijro hujjati tamomlangan.