Amerikaning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari Eronga ehtimoliy ballistik raketa hujumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Isroilda joylashtirildi.
Bu haqda Isroilning Kan davlat teleradiokompaniyasi ma’lum qildi.
"Amerikaning THAAD ballistik raketalarni tutib olish tizimi bugun Isroilda foydalanishga topshirildi", — deyiladi bayonotda.
OAVning qayd etishicha, o‘tgan haftada Isroilga 20 dan ortiq Amerika harbiy-transport samolyotlari kelgan. Ular THAAD tizimining tarkibiy qismlari, ishga tushirgichlar, radarlar, tutib oluvchi raketalar va boshqa jihozlarni yetkazib berishdi.
Shu bilan birga, yuzlab harbiy xizmatchilar Isroil havo kuchlari bilan hamkorlikda raketaga qarshi tizimlarga xizmat ko‘rsatish uchun Isroilga yetib keldi.