Aviakompaniya buning sababiga aniqlik kiritmadi. Muammoni hal qilish uchun qancha vaqt ketishi noma’lum.
"Sizning xavfsizligingiz bizning ustuvor vazifamizdir. Muammo bartaraf etilgach, biz sizni manzilingizga eson-omon yetkazib qo‘yamiz", deyiladi aviakompaniya xabarida.
Muammo Rojdestvo arafasida, Qo‘shma Shtatlarda yo‘lovchilarning parvozga talaba o‘ta yuqori bo‘lgan paytda yuz berdi. American Airlines oxirgi marta aviakompaniyasi iyul oyida Windows tizimidagi global uzilish paytida parvozlarni to‘xtatgan edi.