Skott Bessent Eron bilan mojaro tugagach, amerikaliklar maoshi oshishini aytdi
AQSh moliya vaziri Skott Bessent Eron bilan mojaro yakunlangach, mamlakatda ish haqi yana oshishda davom etishini aytdi.
“Hozir Eron bilan mojaro sabab energetika sohasida yuzaga kelgan zarbani his qilyapmiz. Biz bu mojaroni yengib o‘tamiz. Energiya narxlari yana pasayadi va ish haqi oshishi davom etadi”, — dedi Bessent.