Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi harbiy-dengiz mashqlari munosabati bilan Alyaska janubidagi Aleut orollariga 11-havo desant diviziyasi bo‘linmalari va HIMARS uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa tashuvchi qurilmasini joylashtirdi, deb xabar bermoqda Business Insider.
Nashrga bergan intervyusida 11-havo-desant diviziyasi qo‘mondoni Jozef Xilbertning ta’kidlashicha, bu manevrlar Amerika armiyasi kuchlari va aktivlarini hatto eng chekka hududlarga ham «tez va ogohlantirmasdan» o‘tkazish qobiliyatini namoyish etish uchun mo‘ljallangan.
Mashqlar, deb yozadi Business Insider, 130 nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, AQSh harbiy-havo kuchlarining harbiy bazasi va aerodromi joylashgan Shemya orolida o‘tkazilmoqda. Aleut orollariga yuqori harakatchan artilleriya raketa tizimlari, shuningdek, radar stansiyalari yetkazildi.
Rossiyaning Xitoy ishtirokidagi «Okean-2024» qo‘mondonlik shtabi mashg‘ulotlari 10 sentyabr kuni boshlangan va 16 sentyabrgacha davom etadi. Mashqlar Tinch okeani va Shimoliy Muz okeanlari, O‘rtayer dengizi, Kaspiy va Boltiq dengizlari suvlarida bo‘lib o‘tadi. Ularda 400 dan ortiq kemalar, suv osti kemalari va 120 dan ortiq dengiz samolyotlari va vertolyotlari ishtirok etadi.