Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Amerikalik harbiy ofiser Zelenskiyning vakolatiga shubha qildi

A A A
Amerikalik harbiy ofiser Zelenskiyning vakolatiga shubha qildi

AQSh Davlat kotibining sobiq maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik Lourens Uilkerson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning vakolatlari shubhali ekanini aytdi. Bu haqda u Judging Freedom kanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Uning eslashicha, Zelenskiy prezident bo‘lgunga qadar rus tilini yaxshi biladigan komediyachi bo‘lgan.

"Men Zelenskiyning vakolatlari nima ekanligini bilmayman, lekin boshqalarning vakolatlari nima ekanligini bilaman" - deb tushuntirdi Uilkerson.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga yuborilgan moliyaviy yordamning katta qismi amaldorlar cho‘ntagiga tushgan va mamlakat hukumatida “qo‘pol jinoyatchilar” bor.

Kiritildi: 12:16 10.12.2023. O'qildi: 2653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!